Jo‘qorg‘i Kenges Raisi jamiyatning bir guruh faollari bilan uchrashdi

Joriy yilning 19-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston san’at saroyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaevning ommaviy axborot vositalari vakillari, yozuvchi, shoir va adabiyotshunoslar, ijtimoiy tarmoq faollari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror, farmonlar, ushbu hujjatlar orqali berilgan imtiyozlar haqida keng tarzda ta’kidlab o‘tdi. Uchrashuvda shuningdek, o‘tgan qisqa vaqt ichida Qoraqalpog‘iston tarixi sahifalarida o‘ziga xos o‘rin olgan muhim yangiliklar, bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ezgu ishlar, oldindagi vazifalar haqida keng so‘z yuritildi.
Ta’kidlanganidek, hurmatli Prezidentimizning birgina Qoraqalpog‘iston uchun 2017-yildan buyon 78 farmon va qarorlari qabul qilingan bo‘lsa, hozirgi vaqtda 38 hujjatning ijrosi davom etmoqda. Qabul qilingan tarixiy hujjatlar asosida, xalqimizga, shu jumladan yoshlarimizga bir qator qulay sharoitlar yaratilgani, tadbirkorlarimizga ilgari bo‘lmagan ko‘plab imtiyoz va imkoniyatlar berilgani, xalqning og‘iri yengil, uzog‘i yaqin bo‘lgani, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga ijobiy yechim topilgani davlatimiz rahbarining xalqimizga bo‘lgan alohida e’tibori va mehri ifodasidir.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, o‘tkazilgan uchrashuvda barcha ezgu ishlar, hayotiy islohotlar, muhim tashabbuslar aniq misollar bilan ko‘rsatib berildi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
Bundan so‘ng, ishtirokchilarning taklif va fikrlari tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Uchrashuv davomida bugungi kunda yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh jamoat faollari munosib rag‘batlantirildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)