Faol xotin-qizlarga «Itibar-2025» mukofoti topshirildi

Bugun Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida «Itibar-2025» mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, shu asosda ularning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi faolligi ortib, barcha sohalarda yuqori natijalarga erishmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlash joiz, so‘ngi yillarda hurmatli Prezidentimizning alohida e’tibori bilan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar davom ettirilib, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish borasida ko‘plab imtiyozlar berilmoqda, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarimiz moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Bugungi o‘tkazilgan tadbirda yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida faollik ko‘rsatgan, xalqimiz farovon hayotini ta’minlash yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarimizning xizmatlari baholanib, ularga «Itibar-2025» mukofoti topshirildi.
Shuningdek, «Yil ayoli»,«Gender tenglik faoli» va «Yilning eng yaxshi xotin-qizlar faoli» tanlovlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

.jpg)

