Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tomoshalari o‘tkazildi
Prezidentimiz tashabbusi bilan har yili dekabr oyida yurtimizda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Bugun Nukus shahrining shimoliy tomonidagi Otchopar maydonida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlanib tantanali bayram tomoshalari bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
Tadbirning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayrami bilan tabrikladi.

.jpg)
Jo‘qorg‘i Kenges Raisi o‘z so‘zida bugungi kunda yurtimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, sohaga yangi texnika va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yer-suv resurslaridan samarali foydalanishni ommalashtirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, fermer va klasterlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, hurmatli Prezidentimiz tomonidan faqatgina Qoraqalpog‘iston uchun qabul qilingan qaror va farmonlar asosida xalqimizning farovon turmushini ta’minlash bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirilayotganligiga alohida to‘xtaldi.
Bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov ishtirok etdi.
Bugungi bayram tantanasida yurtimizda agrar sohada samarali faoliyat olib borayotgan bir qator mehnat ilg‘orlari rag‘batlantirildi.



Eng ilg‘or fermer xo‘jaligi nominatsiyasiga "Urkinbay" f/x boshlig‘i Nugmanov Aytbay loyiq deb topildi va Prezidentimiz sovg‘asi Traktor topshirildi.
Shuningdek, eng yaxshi bog‘bon nominatsiyasi bo‘yicha "Ozod intensiv bog‘" f/x boshlig‘i Masharipov Ozod Kichik traktor, Eng yaxshi chorvador fermer nominatsiyasi bo‘yicha: "Dadabay Bayramkilich" f/x boshlig‘i Dadebayev Azamat motorollerlar bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, Eng yaxshi parrandachi, Eng yaxshi baliqchi nominatsiyasi g‘oliblari granulyator, Eng yaxshi asalarichi, Eng yaxshi pillakor, Eng yaxshi mexanizator, Eng yaxshi eksportyor, Eng yaxshi paxtakor, Eng yaxshi g‘allakor, Eng yaxshi kombaynchilarga sovutgich,
Eng yaxshi qorako‘lchilik xo‘jaligi, Eng yaxshi irrigator, Eng yaxshi meliorator, Eng yaxshi veterinar, Eng yaxshi o‘simliklarni himoya qiluvchi laborantlar har biri skuter, Eng yaxshi issiqxonachi, Eng yaxshi polizchi, eng yaxshi sabzavotchi, Eng yaxshi kartoshkachi, Eng yaxshi tomorqa egalariga har biriga Moto kultivator, Eng yaxshi qishloq xo‘jaligi olimiga televizor, Eng yaxshi qishloq xo‘jaligi innovatoriga noutbuk topshirildi.
Bundan so‘ng bayram tomoshalari xalq o‘yinlari va milliy sport o‘yinlari bilan davom etdi.
Dastlab, arqon tortish musobaqalari boshlandi.

Unda Chimboy tumani birinchi, Nukus tumani ikkinchi, Mo‘ynoq tumani jamoasi uchinchi o‘rinlarni egalladi.
Qo‘chqorlar jangi o‘yinlari ham tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Unda har bir g‘olib qo‘chqorlarning egalariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Ya’ni: birinchi o‘rinni egallagan qo‘chqorlarga gibrid motoroller, keyingi o‘ringa elektromotoroller, bundan boshqa qo‘chqor egalari skuter va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bayram ishtirokchilarining e’tibori qurga qaratildi. Bosh sovrin uchun Nukus tumanidan Zaxiriddiyin Zaytov va Nukus shahridan Babajanov Jaloliddin bellashdi. Bir-biriga munosib polvonlar bellashuvida Zahiriddin Zaytov g‘alaba qozondi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev polvonga bosh sovrin - Prezidentimizning sovg‘asi 40 mln. so‘m mukofotni topshirdi.
2-o‘rin sohibi J. Babajanov - 30 mln so‘m, 3-o‘rin egalari S.Matkarimov 20 mln so‘m va R.Kudanov sovutgich bilan taqdirlandi.
+83 kg vazn toifasida B.Orinbasarov va D.To‘rebaevlar sovutgich bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, 66, 73, 81 kg vazn toifasidagi polvonlar ham munosib rag‘batlantirildi.
Bundan so‘ng bir, uch, besh, besh aylov (yo‘rg‘a), yetti, o‘n aylovga otlar yuborildi. Unda respublikamizning barcha tumanlaridan kelgan mohir chavandozlar tashkilotchilar tomonidan qo‘yilgan qimmatbaho sovg‘alar uchun musobaqalashdi.
O‘n aylovga ot chopishi barchaning e’tiborida bo‘lib, poygaga birinchi bo‘lib kelgan Mo‘ynoq tumanidan Sarsen Talasovning oti bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Unga Prezidentimizning sovg‘asi "Onix" avtomashinasi topshirildi. Keyingi o‘rinlarni egallaganlar: 2-o‘rinni olgan Nukus tumanining chavandoziga 50 mln. so‘m, 3-o‘rinni olgan Qonliko‘llik chavandozga 30 mln. so‘m pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar berildi.
7 aylov bo‘yicha: 1-o‘ringa 30 mln. so‘m, 2-o‘ringa 20 mln. so‘m, 3-o‘ringa 15 mln. so‘m,
5 aylov bo‘yicha: 1-o‘ringa 20 mln. so‘m, 2-o‘ringa 15 mln. so‘m, 3-o‘ringa 10 mln. so‘m,
5 aylov yo‘rg‘a yo‘nalishi bo‘yicha: 1-o‘ringa 20 mln. so‘m, 15 mln. so‘m, 3-o‘ringa 10 mln. so‘m,
3 aylov bo‘yicha: 1-o‘ringa 10 mln. so‘m, 2-o‘ringa 5 mln. so‘m, 3-o‘ringa pilyasos,
1 aylov bo‘yicha: 1-o‘ringa sovutgich, 2-o‘ringa televizor, 3-o‘ringa pishiriq topshirildi.
Shuningdek, "Qiz quvish" juftliklari, "Tanga olish" bo‘yicha har bir g‘olib, "Ko‘kpar" musobaqalari g‘oliblarining har biri qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Bayram ishtirokchilariga dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi, mohir oshpazlarimiz tayyorlagan turli taomlar taqdim etildi. San’at ustalari ijrosidagi konsert dasturi bayram ishtirokchilariga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan bayram tomoshalari xalq sayli bilan davom etdi.