Rekonstruksiyadan chiqqan Xalqabad dehqon bozori foydalanishga topshirildi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda xalqimizning farovon hayotini ta’minlash, hayotiy muammolariga yechim topish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada Kegeyli tumanida ham infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qator chora-tadbirlar olib borilib, aholini qiynab kelgan masalalarga yechim topish choralari ko‘rilmoqda.
Kegeyli tumani Xalqabad shaharchasida " Xalqabad dehqon bozori"ning ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yaqinlashib qolgan Yangi yil bayrami, shuningdek, "Xalqabad dehqon bozori"ning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, bozor hududida 5,2 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan rekonstruksiya ishlari olib borildi. Sotuvchi va xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida yopiq savdo rastalari, yangi do‘konlar barpo etilib, dehqon bozori zamonaviy qiyofaga keltirildi. Bozor hududi kengaytirilib, kanalizatsiya tarmoqlari tortildi va atrofi obodonlashtirildi. Zamonaviy kameralar o‘rnatilib, raqamlashtirish ishlari olib borildi.
Albatta, bu dehqon bozori uzoq yillar xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qiladi.
Ochilish marosimi davomida mehmonlar bozor hududida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
