Ko‘cha boshilari, nuroniy-oqsoqollar bilan uchrashuv o‘tkazildi
.jpg)
Joriy yilning 23-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston san’at saroyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaevning shahar va tumanlardagi ko‘cha boshilari, mahalla va ovullardagi nuroniy-oqsoqollar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida e’tibori bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mintaqamizni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha alohida qabul qilingan qaror, farmonlar haqida ta’kidladi.
Uchrashuvda asosan faqat Qoraqalpog‘iston uchun 2017-yildan beri 78 farmon va qarorlar qabul qilinib, hozirgi vaqtda 38 hujjatning ijrosi davom etayotgani, shuningdek, xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilgan va bugungi kunda davom ettirilayotgan ezgu ishlar, oldinda turgan vazifalar keng so’z etildi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, o‘tgan yillar Qoraqalpog‘iston tarixida alohida ahamiyatga ega voqealarga boy bo‘ldi desak yanglishmagan bo‘lamiz. Chunki, bu qisqa vaqt ichida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, bu ezgu ishlarning amaliy natijalari har bir xonadonga yetib bormoqda.
Qoraqalpog‘iston uchun mamlakatimizning boshqa hududlarida bo‘lmagan imtiyozlar berilib, buning natijasida aholining hayotiy muammolariga yechim topish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish ishlari yangi bosqichga ko‘tarildi.
O‘tkazilgan uchrashuvda ana shunday ezgu amallar keng so’z etildi.
Uchrashuv davomida mahallalarda og’izbirchilikni saqlash, yoshlarni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, uzoq yillik hayot tajribasi bilan ko‘pchilikka namuna bo‘layotgan ko‘cha boshilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori asosida "Faxriy yorliq" bilan taqdirlandi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

