Mahalla va ovuldagi kayvoni onalar va faol ayollar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev mahalla va ovullardagi faol ayollar bilan uchrashdi.
Unda dastlab, hurmatli Prezidentimiz rahbarligida faqat Qoraqalpog‘iston uchun 2017-yildan buyon 78 farmon va qaror qabul qilinib, hozirgi vaqtda 38 hujjatning ijrosi davom etayotgani, shuningdek, ushbu hujjatlar orqali berilgan imtiyozlar haqida keng turda ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuvda shuningdek, o‘tgan qisqa vaqt ichida Qoraqalpog‘iston tarixi sahifalarida o‘ziga xos joy olgan muhim yangiliklar, bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ezgu ishlar, oldindagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Shuni ham alohida aytish kerakki, yaqin qisqa vaqt ichida Qoraqalpog‘istonda chin ma’noda tarixiy voqealar yuz berdi. Faqat Qoraqalpog‘iston aholisi va tadbirkorlari, jamiyatning barcha qatlamlari uchun ilgari bo‘lmagan imtiyozlar hamda keng imkoniyatlar yaratildi.
Shu asosda Yangi O‘zbekiston bilan birga Yangi Qoraqalpog‘istonni barpo etish bo‘yicha ulkan bunyodkorlik ishlari davom ettirilmoqda.
Bugungi uchrashuvda ana shunday ezgu chora-tadbirlar xususida so‘z yuritildi.
Uchrashuv davomida bir guruh faol ayollar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori asosida Jo‘qorg‘i Kengesning «Faxriy yorlig‘i» bilan taqdirlandi.


.jpg)
.jpg)

.jpg)
