«Qoraqalpoqfilm» kinostudiyasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan «Qoraqalpoqfilm» kinostudiyasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu yerda bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, «Qoraqalpoqfilm» kinostudiyasi binosida qariyb 6,5 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilib, zarur texnika va inventarlar bilan ta’minlandi. Shuningdek, kinostudiyada ovoz yozish va dublyaj studiyalari ishga tushirildi hamda muzey tashkil etildi.
Yaratilgan shunday imkoniyatlar asosida, bugungi kunda kinostudiya ishlariga alohida sur’at kiritilib, yangi kartinalar ustida ishlar boshlandi. Shu qatorda o‘tgan yili buyuk mumtoz shoirimizga bag‘ishlangan «Ajiniyoz» badiiy-publitsistik filmi suratga olingan bo‘lsa, bugungi kunda «Qoraboy» komediya filmi, «Muallim» filmi, «Men qoraqalpoq xalqining ham farzandiman» hujjatli filmi, «Guloyim va qirq qiz» tarixiy filmlari suratga olinmoqda. Milliy kinofondimiz yil sayin yangi filmlar bilan boyib bormoqda.
Jo‘qorg‘i Kenges Raisi barcha yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Kinostudiya jamoasi bilan suhbatlashdi. Kelgusida xalqimiz qalbidan joy oladigan ko‘plab filmlar yaratilishi kerakligini ta’kidladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat varzirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Sh.Rizayev ishtirok etdi.




