Bolalarga Prezident sovg‘alari topshirildi
162

Bugun, 25-dekabr kuni Nukus shahar Yoshlar markazi binosida Prezident sovg‘alarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga homiylik va vasiylikka olingan hamda ota-onasi Vatanimiz sarhadlarini himoya qilishda qurbon bo‘lgan bolalar, oilaviy mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari taklif etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev bolalarni va ularning homiylarini yangi yil bayrami bilan tabrikladi va Prezidentimizning sovg‘alarini topshirdi.
Bayram chiroyli qilib bezatilgan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan tomoshalar bilan davom etdi.
Prezident sovg‘alarini topshirish tadbirlari barcha shahar va tumanlarimizda davom etmoqda.


.jpg)





