Nukus shahridagi «Bolalar uyi» tarbiyalanuvchilariga Prezidentimiz sovg‘alari topshirildi

Har yili mamlakatimiz bo‘ylab Yangi yil bayrami arafasida ertangi kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarga bayram kayfiyati hadya etilib, «Prezident sovg‘alari»ni topshirish an’anaga aylangan.
Bugun Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Orinbaev Nukus shahridagi «Kichik hajmli bolalar uyi»da tarbiyalanayotgan bolalarga Prezident sovg‘alarini topshirish va yangi yil bayrami bilan tabriklash uchun bordi.
Chiroyli qilib bezatilgan Archa atrofida bolalarga Prezident sovg‘alari topshirildi. Shu bilan birga, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi bolalar uyidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirib, unda tarbiyalanayotgan bolalarning bugungi ahvoli bilan tanishdi.
Ta’kidlash joizki, ushbu «Kichik hajmli bolalar uyi» Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oila muhitida tarbiyalash va ularning baxtli hayotini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bolalar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.

.jpg)

.jpg)
