Nukus shahrida 200 o‘rinli yangi mehmonxona foydalanishga topshirildi

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston uchun alohida berilgan imtiyoz va imkoniyatlar asosida Yangi yil bayrami arafasida mintaqamiz uchun ahamiyatli obyektlar foydalanishga topshirilmoqda.
Shu qatorda bugun poytaxtimizda yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan «Ramada» mehmonxonasining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yangi turizm obyekti foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tabrikladi.
Ta’kidlash joizki, «Karakalpak Palace» jamiyati tomonidan xalqaro «Ramada by Wyndham» brendi ostida 10 mln. dollar mablag‘ hisobiga qurilgan mehmonxona ishga tushishi bilan bir vaqtning o‘zida 200 mehmonni qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Ushbu yangi turizm obyektida xalqimiz uchun, shuningdek, mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.
O‘tkazilgan ochilish marosimi davomida nuroniy-oqsoqollar, faol ayollar va keng jamoatchilik vakillari mehmonxonada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

.jpg)


.jpg)