Gimnastika markazining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori sport sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, yoshlarni sportga keng jalb etish, ular orasidan yurtimiz shuhratini dunyoga tanitadigan sportchilarni yetishtirib chiqarish yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Bu borada hurmatli Prezidentimizning alohida mehri va e’tibori bilan Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgan ishlarni aytib o’tadigan bo‘lsak, 14 mlrd. so‘m mablag‘ asosida Nukus Olimpiya va Paralimpiya markazida qurilish ishlari olib borilmoqda. 107 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga «Turon» futbol stadionida ham rekonstruksiya ishlari davom ettirilmoqda. Bundan tashqari, bugungi kunning o‘zida Kurash mahorati maktabi foydalanishga topshirildi.
Ana shunday ezgu ishlar qatorida bugun Gimnastika markazining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev, nuroniy-oqsoqollar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, qariyb 80 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan zamonaviy ko‘rinishda qurib bitkazilgan ushbu obyektda sportchi yoshlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratildi. Obyekt jihozlar bilan to‘liq ta’minlandi.
Albatta, ushbu sport markazida yurtimizni dunyoga tanitadigan, jismoniy chiniqqan, alohida iqtidori bilan ajralib turadigan chempion yoshlar yetishib chiqadi.

.jpg)




.jpg)
