Nukus shahrida 400 ish o‘rniga ega yangi korxona ishga tushirildi

Qoraqalpog‘iston tarixida unutilmas voqealarga boy tarzda o‘tayotgan joriy yilda yurtimiz iqtisodiyotining barcha sohalarida ulkan o‘zgarish va yangilanishlar ro‘y bermoqda.
So‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan Qoraqalpog‘iston uchun alohida qator farmon va qarorlar qabul qilinib, mamlakatimizning boshqa hududlarida bo‘lmagan imkoniyatlar va imtiyozlar berildi. Bunday chora-tadbirlar tadbirkorlikni rivojlantirish va kengaytirishga, yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirishga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shunday ezgu ishlar qatorida bugun Nukus shahrida xalqimizning farovon turmushini ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan umumiy qiymati 48,5 mln. dollar bo‘lgan, yiliga 18 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega va 400 ish o‘rni yaratadigan «Nukus SSP Texnopark» korxonasi ishga tushirilishi munosabati bilan ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yangi korxona ish boshlagani munosabati bilan tabrikladi.
Albatta, bu korxona xalqimiz farovonligi yo‘lida yurtimiz iqtisodiyoti va sanoatini rivojlantirishga uzoq yillar davomida xizmat qiladi.

.jpg)

.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)