Qorao‘zak va Nukus tumanlarida to‘rt yosh zamonaviy uy-joy bilan ta’minlandi

Hurmatli Prezidentimizning " Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 5216-sonli Qarorining ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator ezgu ishlar amalga oshirildi.
Xususan, yakunlanayotgan 2025 yil davomida Qoraqalpog‘iston bo‘yicha jami 86 nafar yosh zamonaviy, barcha qulayliklarga ega uy-joylar bilan ta’minlandi. Bu esa yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning erkin hayotga qadam qo‘yishi va kelajak rejalarini amalga oshirishida mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qorao‘zak va Nukus tumanlarida ham ushbu qaror ijrosi doirasida bugun 4 nafar yoshga tuman markazlarida qad rostlagan uylardan zamonaviy 2 xonali xonadonlarning kalitlari tantanali ravishda topshirildi. Bunday ishlar Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bo‘lgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikning yaqqol ifodasidir.
Yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, ularning turmush sharoitini yaxshilash va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bunday chora-tadbirlar yanada davom ettiriladi.

.jpg)
.jpg)