Jo‘qorg‘i Kenges Raisi madaniyat xodimlari va din vakillari bilan uchrashdi
Joriy yilning 19-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston san’at saroyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaevning madaniyat xodimlari va din vakillari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror, farmonlar, ushbu hujjatlar orqali berilgan imtiyozlar haqida keng ta’kidlab o‘tdi. Uchrashuvda shuningdek, o‘tgan qisqa vaqt ichida Qoraqalpog‘iston tarixi sahifalarida o‘ziga xos o‘rin olgan muhim yangiliklar, bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ezgu ishlar, oldindagi vazifalar haqida keng so‘z yuritildi.
Shuni ham alohida aytish kerakki, yaqin qisqa vaqt ichida Qoraqalpog‘istonda chin ma’noda tarixiy voqealar yuz berdi. Faqat Qoraqalpog‘iston aholisi va tadbirkorlari, jamiyatning barcha qatlamlari uchun ilgari bo‘lmagan imtiyozlar hamda keng imkoniyatlar yaratildi.
O‘tkazilgan uchrashuvda barcha ezgu ishlar, hayotiy islohotlar, muhim tashabbuslar aniq misollar bilan ko‘rsatib berildi.
Bundan so‘ng, ishtirokchilarning taklif va fikrlari tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh jamoat faollari munosib rag‘batlantirildi.


.jpg)
.jpg)

.jpg)

.jpg)

.jpg)