Saudiya Arabistoni kompaniyasi bilan Nukus shahrining issiqlik ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi
Saudiya Arabistoni kompaniyasi bilan Nukus shahrining issiqlik ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi
Hurmatli Prezidentimizning topshiriqlari asosida amalga oshirilayotgan ustuvor infratuzilma loyihalari doirasida bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov va Saudiya Arabistonining yirik “Saudi tabreed” kompaniyasi bosh direktori Suliman Al-Xlivi ishtirokida videoaloqa orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar Nukus shahrining mavjud issiqlik ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish hamda zamonaviy va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, loyiha doirasida investitsiyalarni jalb etish, ilg‘or xalqaro tajribani qo‘llash va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.
Kompaniya bosh direktori Suliman Al-Xlivi o‘z navbatida markazlashgan issiqlik ta’minoti sohasida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli loyihalar tajribasi bilan o‘rtoqlashib, Nukus shahrida ushbu yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, mutaxassislar darajasida muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.


