“Hududiy elektr tarmoqlari”ga xizmat avtotransportlari topshirildi
Mamlakatimizda aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, elektr ta’minoti korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni zamonaviy texnika va transport vositalari bilan ta’minlash ishlari izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Nukus shahrida «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston hududiy filiali uchun xarid qilingan xizmat avtotransport vositalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari R.Nurazizov ishtirok etdi.
Tadbir davomida hududiy filial tasarrufidagi shahar va tuman elektr ta’minoti bo‘limlari uchun yuk-yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan 30 ta zamonaviy «Changan» elektromobillar topshirildi.
Mazkur transport vositalari elektr tarmoqlarida profilaktik nazorat ishlarini olib borish, avariya holatlariga tezkor yetib borish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligini oshirishga xizmat



