Vatan himoyachilari kuni keng turda nishonlandi

Respublikamizda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 34 yilligi keng turda nishonlanmoqda.
Bugun poytaxtimizdagi “Motamsaro ona” haykali poyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, Shimoliy-G‘arbiy harbiy okrugi, huquq tartibot organlari mehnat jamoalari, oliy ta’lim muassasalari, urush va mehnat faxriylari nomidan gulchambarlar qo‘yildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev ishtirok etdi.
Barcha xalqlar uchun davlat xavfsizligi, el-yurt tinchligi, xalq farovonligi eng katta boylik hisoblanadi.
Ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan ona Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, yurtimiz tinchligini ta’minlash har birimiz uchun muqaddas burch bo‘lib hisoblanadi. Shu sabab mazkur sana Vatanni sevish, xalqimizga sadoqat, mardlik va jasorat kabi insoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan bayram sifatida qalblarimizda chuqur o‘rin egallaydi.





