Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 34-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev ishtirok etib, harbiy xizmatchilarni, faxriylar va butun xalqimizni bayram bilan tabrikladi.
Shuningdek, hurmatli Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan sohaga qaratilayotgan ulkan e’tibor alohida tilga olindi.
Aytib o‘tish joizki, milliy armiyamizning chegaralarimiz daxlsizligini, Vatanimiz tinchligini ta’minlashdagi mehnatlari cheksiz. Vatan himoyachilari bor ekan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizning farovonligi va hamjihatligi mustahkam bo‘ladi.
Bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida harbiy xizmatchilarning ishchanlik fazilatlari, xalq bilan birga tinch-totuv turmushni ta’minlash yo‘lidagi barcha fidokorona xizmatlari alohida tilga olindi.
Shuningdek, bir qator soha fidoyilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori asosida ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Bayram tantanasi harbiy soha xodimlari va san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.






