Mahallalardagi faol yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev shahar va tumanlar mahallalaridagi ko‘cha sardorlari bo‘lgan faol yoshlar bilan uchrashdi.
Unda dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida mehri va e’tibori bilan alohida qabul qilingan qaror, farmonlar, shuningdek, shu asosda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, hayotimizda keng tatbiq etilayotgan islohotlar haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, o‘tkazilgan uchrashuvda amaliy chora-tadbirlar aniq tasdig‘i bilan ko‘rsatilib, bugungi kunda davom ettirilayotgan ishlar, shuningdek, oldindagi rejalar haqida so‘z yuritildi.
Alohida faxr bilan aytish kerak, hurmatli Prezidentimizning faqat Qoraqalpog‘iston uchun 2017-yildan beri 78 farmon va qarorlari qabul qilingan bo‘lib, shundan, hozirgi vaqtda 38 hujjatning ijrosi davom etmoqda. Eng asosiysi, ushbu tarixiy hujjatlar asosida xalqimiz hayotida ilgari bo‘lmagan o‘zgarish va yangilanishlar yuz bermoqda. Hayotiy islohotlarning amaliy natijalari har bir xonadonga kirib bormoqda.
O‘tkazilgan uchrashuvda ana shunday ezgu tadbirlar keng muhokama qilindi.
O‘z navbatida, yoshlar ham alohida mehr va e’tibor uchun hurmatli Prezidentimizga Qoraqalpog‘istonlik yoshlar nomidan chuqur minnatdorchiligini yetkazish bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kenges Raisiga taklif bildirdi va bu taklif ma’qullandi.
Bundan so‘ng, yoshlar bilan yaqindan fikr almashilib, har bir ko‘tarilgan masala belgilab olindi.
Uchrashuv davomida jamoat ishlarida faol ishtirok etib, mahallalarda ko‘pchilikka namuna bo‘layotgan bir qator yoshlar Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori asosida "Faxriy yorliq" bilan taqdirlandi.








