"Biy og‘a" badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘iston san’at saroyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tashabbusi bilan Nukus tumani hokimligining buyurtmasiga asosan suratga olingan "Biy og‘a" badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi Sh.O‘temisov, Nukus tumani hokimi Z.Zaytov, "Nuroniy" jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i T.Abdijabbarov, Mahallalar uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i S.Turmanov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Filmning ssenariysi va zamonaviy ko‘rinishlar ko‘pchilikni hayajonga soldi. Xalq san’atining yangi g‘oyalariga doir boshqa ko‘plab muhim tadbirlar namoyish etildi.
Badiiy filmda yaxshi ijro etgan aktyor, operator, rejissyorga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Nukus tumani hokimligi tomonidan minnatdorchilik bildirildi.




