“Aral” jamoasi tur kashfiyotiga aylandi
20

Futzal bo’yicha mamlakat birinchiligida 2-tur bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.
Oliy liga sari odimlayotgan jamoalar orasida tur kashfiyoti sifatida “Aral” jamoasi e’tirof etilmoqda. Qoraqalpog‘istonliklar peshqadamga ham jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Hozirda jamoa 12 ochko bilan to’rtinchi o’rinda bormoqda.
Umuman olganda, Birinchi liga bahslari turdan turga tobora qiziqarli tarzda kechmoqda. Bu esa ikkinchi davrada ham muxlislarga unutilmas lahzalarni taqdim etishiga ishonchni oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, Birinchi ligada 1-o‘rinni egallagan jamoa kelgusi mavsumda to‘g‘ridan to‘g‘ri Oliy ligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi o‘rin sohibi esa Oliy ligada 11-o‘rinni egallagan jamoa bilan o‘tish o‘yinida kuch sinashadi.