Talaba-yoshlar bilan uchrashuv

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev oliy o‘quv yurtlaridagi faol talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Unda dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida mehri va e’tibori bilan alohida qabul qilingan qaror va farmonlar, shuningdek, shu asosda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, hayotimizga keng tadbiq etilayotgan islohotlar haqida keng ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, o‘tkazilgan uchrashuvda amaliy chora-tadbirlar aniq tasdig‘i bilan ko‘rsatilib, bugungi kunda davom ettirilayotgan ishlar, shuningdek, oldindagi rejalar haqida so‘z yuritildi.
Shuni ham alohida aytish kerakki, yaqin qisqa vaqt ichida Qoraqalpog‘istonda chin ma’noda tarixiy voqealar yuz berdi. Faqat Qoraqalpog‘iston aholisi va tadbirkorlari, jamiyatning barcha qatlamlari uchun ilgari bo‘lmagan imtiyozlar hamda keng imkoniyatlar yaratildi.
O‘tkazilgan uchrashuvda ana shunday ezgu tadbirlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Bundan so‘ng, yoshlar bilan yaqindan fikr almashilib, har bir ko‘tarilgan masala belgilab olindi.
Uchrashuv davomida jamoat ishlarida faol ishtirok etib, ko‘pchilikka namuna bo‘layotgan bir qator yoshlar Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumining qarori bilan "Faxriy yorliq" bilan taqdirlandi.








