Xalqaro avtomobil yo‘lida yo‘l o‘tkazgichning qurilish ishlari davom etmoqda

Hurmatli Prezidentimizning topshirig‘i bilan Qorao‘zak va Beruniy tumanlari hududidan o‘tuvchi A-380 "G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo‘lining 673-698 km (25 km) qismini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish belgilangan edi.
Loyiha bo‘yicha 37.32 million dollarlik shartnomalar imzolangan bo‘lib, qurilish ishlarining sifatli olib borilishida xalqaro konsalting kompaniyalari jalb etilgan. Loyiha doirasida avtomobil yo‘lining 690-km qismida ikki tomonlama harakatni ta’minlaydigan yo‘l o‘tkazgich qurilishi olib borilmoqda.
Bugungi kunda qurilish ishlarining dastlabki bosqichi sifatida har birining uzunligi 48 metrni, eni esa 9 metrni tashkil etuvchi yo‘l o‘tkazgichning bir yo‘nalishi bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
.jpg)
