Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
So‘nggi yillarda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib, shu asosda ularning o‘z qobiliyatini yuzaga chiqarishi, chuqur bilim olishi, ilg‘or fikrli va ona Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan fidoyi insonlar bo‘lib kamol topishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada joylarda rahbar va yoshlar uchrashuvlari tashkil etilib, ularning xohish-istaklarini eshitish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Shunday uchrashuvlar qatorida Nukus shahridagi Oq Qush majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatovning Qoraqalpog‘istonlik yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga shu jumladan, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga bo‘lgan alohida mehri va e’tibori haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida xizmat qiladigan qator yangi g‘oya va tashabbuslarini bildirdi. O‘z navbatida, barcha fikrlar inobatga olinib, ko‘tarilgan muammolarga joyida yechim topish choralari ko‘rildi va yoshlarning barcha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi alohida ta’kidlandi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida yurtimizda huquqbuzarlikning oldini olish borasida faollik ko‘rsatayotgan qator yoshlar munosib rag‘batlantirildi.
.jpg)

.jpg)

