Bo‘zatov tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev aholining farovon turmushini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Bo‘zatov tumaniga tashrif buyurdi.
Dastlab, «Erkindaryа» ovul fuqarolar yig‘inida intensiv bog‘ yaratish loyihasi hamda «Qusxаnataw» OFYdagi o‘rmon xo‘jaligining ko‘chat yetishtirish pitomnigi ko‘zdan kechirildi.
Bundan so‘ng Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Bo‘zatov sanatoriyasida aholini sog‘lomlashtirish borasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdi va sanatoriya imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
.jpg)
.jpg)
Tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida «Bo‘zatov» posyolkasidagi «Bo‘zatov tekstil» korxonasi tomonidan tikuvchilik va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda «Kenjebek Dáwletyar» MCHJ tomonidan xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish markazini tashkil etish, bundan tashqari, tadbirkorlar uchun zarur infratuzilma yaratish orqali savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish loyihalari o‘rganildi. Tadbirkorlarning o‘z faoliyatini rivojlantirishi uchun yaqindan ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Berdaq guzari bo‘yida yangidan qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joy qurilishi ham ko‘zdan kechirilib, ishlarni sifatli qilib, o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha aniq vazifalar topshirildi.
.jpg)
.jpg)
«Erkindaryа» OFYdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining isitish tizimi ishlari ham ko‘rib chiqildi.
Bundan so‘ng, mahalla va ovullarda aholining turmush sharoiti bilan bog‘liq hali ham yechimini kutayotgan masalalarni belgilab olish bo‘yicha nuroniylar va ko‘cha boshilari bilan muloqot qilindi.
.jpg)
.jpg)