Bo‘zatov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Bo‘zatov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi.
Unda aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi berilgan topshiriqlar ijrosining borishi tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Joylardagi masalalarni hal etish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi, hurmatli Prezidentimiz tomonidan zarur sharoitlar yaratib berilganligi, biroq, ayrim joylarda qoloqliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi tanqid qilindi.
.jpg)

Xususan, aholining kayfiyatiga bevosita ta’sir etuvchi muammolarni hal etish borasida ichki yo‘llarni ta’mirlash, og‘ir mahallalarni obodonlashtirish, qurilish sohasi, kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bilan ishlash kabi qator masalalarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Majlisda shu kabi muammolar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib berildi.
O‘tkazilgan majlis davomida tez fursatda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanib, aniq topshiriqlar berildi hamda o‘z vazifasini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 5 nafar mansabdor shaxsning lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish topshirildi. Shuningdek, 6 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
.jpg)