Bojxona xodimlariga

Hurmatli bojxona xodimlari!
Sizlarni 26-yanvar - "Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni" munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bojxona xizmati davlatimiz ichki va tashqi siyosatining ajralmas qismi, mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash, milliy manfaatlarini himoya qilishning muhim va samarali mexanizmi hisoblanadi.
Bugun jadal suratlarda rivojlanayotgan tashqi savdo iqtisodiy aloqalar sharoitida bojxona organlarining o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda.
Sizning mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli xizmatingizni xalqimiz qadrlaydi.
Hurmatli soha xodimlari!
Sizlarni bugungi bayram munosabati bilan yana bir bor qutlab, Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz faravonligi yo‘lida amalga oshirayotgan sharafli va mashaqqatli ishlaringizda muvafaqqiyatlar tilaymiz!
Amanbay Orinbaev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi