Kegeyli tumanini har tomonlama rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev rahbarligida Kegeyli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, davlat dasturlari doirasidagi belgilangan vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar hamda avvalgi majlisda berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi.

Majlisda dastlab, avvalgi yig‘ilish davrida belgilab berilgan topshiriqlarning bugungi kundagi ijrosi, mahallalarni obod qilish, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal etish, davlat dasturlari doirasida loyihalarning amalga oshirilishi, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash borasida vazifalarning bajarilishi masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, fuqarolarning qo‘shimcha daromad olishiga ko‘maklashish, kambag‘allikni qisqartirish, yangi korxonalar faoliyatini tashkil etish, ko‘p qavatli uylar qurish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng yoyish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham topshiriqlar ijrosi masalalari muhokama qilindi.
.jpg)
Unda shuningdek, mazkur ishlarni amalga oshirishda ayrim mutasaddilarning o‘z vazifasiga sidqidildan qaramayotgani tanqid qilinib, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Bundan tashqari, o‘z vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim mutasaddilarga intizomiy jazo qo‘llash, zarur bo‘lsa, lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

