Chimboy tumanida yangi loyihalar ko‘rib chiqildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Chimboy tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi "Shаxtemir" mahallasidagi yangidan qurilayotgan sport majmuasi, shuningdek, shu joyda tadbirkor tashabbusi bilan yangidan tashkil etilayotgan «Óserbay Shabandoz» ot sporti klubi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Qurilish ishlarini sifatli qilib yakunlash, shuningdek, tadbirkor loyihasini to‘liq ishga tushirishi uchun barcha yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
.jpg)
Bundan so‘ng, "Zang tex" korxonasi tomonidan ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi ishlari ko‘rib chiqilib, mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha tadbirkor bilan yaqindan hamkorlik qilish kerakligi ta’kidlandi.
"Ko‘kchi qal’a" mahallasi hududida joylashgan korxona umumiy 199,2 mlrd. so‘m mablag‘ asosida ishga tushirilayotgan bo‘lib, yiliga 4 ming tonnadan ortiq, umumiy 80 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona to‘liq quvvatda ishga tushirilishi bilan 300 ish o‘rni yaratiladi va mahalliy aholi bandligi ta’minlanadi.


Jo‘qorg‘i Kenges Raisi mas’ullarga bugungi kunda hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida e’tibori bilan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, tumanda tadbirkorlar sonini oshirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini ochish kerakligini alohida ta’kidladi.
