Chimboy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev respublika va tuman idora-tashkilotlari mas’ullari ishtirokida Chimboy tumanini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi.
Unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini, munosib turmush sharoitini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, obodonlashtirish ishlarini olib borish kabi belgilangan vazifalarning bajarilishi masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, tumanni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur asosida qator vazifalar belgilab berilgan. Buning uchun moliyaviy manbalar va imkoniyatlar ham yaratilgan.

Lekin, ayrim joylarda muassasa-tashkilot rahbarlari va mutasaddilari, shuningdek, mahalla faollari tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Majlis davomida o‘z vazifasini ijro etishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilib, zarur bólsa lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
.jpg)
