«Jaslıq» posyolkasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
«Inson qadri uchun» tamoyili asosida amaliy ishlar bugungi kunning bosh maqsadiga aylanib ulgurgan. Shu asosda fuqarolarning muammolariga yechim topish bo‘yicha respublikamizda ham bir qator ishlar olib borilib, bu borada olis, chekka hududlar aholisi ham e’tibordan chetda qolmayapti.
Shunday amaliy choralarning davomi sifatida bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev respublikamizning eng chekka hududlaridan biri bo‘lgan «Jaslıq» posyolkasi fuqarolari bilan uchrashdi.

O‘tkazilgan uchrashuvda hudud aholisining muammolari tinglanib, joyida yechim topish choralari ko‘rildi. Mutasaddilarga vaqt talab etiladigan masalalar bo‘yicha aniq topshiriqlar berilib, har bir ko‘tarilgan taklif belgilab olindi.
Ta’kidlash joizki, hurmatli Prezidentimizning maxsus qarori asosida «Jaslıq» posyolka fuqarolar yig‘iniga ham «Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla» maqomi berilib, 5 mlrd. so‘m mablag‘ asosida posyolkada keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilanib, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarga yechim topilishi rejalashtirilgan.
.jpg)

O‘tkazilgan uchrashuvda oldinda turgan vazifalar va belgilangan ishlar haqida ta’kidlanib, barcha muammolarga bosqichma-bosqich yechim topilishi alohida qayd etildi.