Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Janubiy Ustyurtda bo‘lib, ovul aholisi bilan uchrashdi
Bugungi kunda yurtimizda barcha islohotlar xalqimizning bugungi turmushidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilmoqda. Bunda hurmatli Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar, qabul qilinayotgan qaror va farmonlar, ajratilayotgan mablag‘lar mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Albatta, bunday amaliy chora-tadbirlar olis va chekka hududlarga ham yetib boryapti, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Qo‘ng‘irot tumanidan qariyb 200 km. uzoqlikdagi Ustyurt tekisligi ustida joylashgan Janubiy Ustyurt ovulida bo‘lib, qishloq aholisi bilan uchrashdi.

Unda ovul aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar va ularning xohish-istaklariga ijobiy yechim topish choralari ko‘rildi.
Ta’kidlash joizki, Jo‘qorg‘i Kenges Raisining oldingi uchrashuvida ko‘tarilgan masalalarning aksariyati o‘z yechimini topib, fuqarolarning muammolari hal qilib berilgan edi.
Bugungi uchrashuvda ham bir qator muhim masalalar ta’kidlandi va Jo‘qorg‘i Kenges Raisi barcha masala albatta yechimini topishini ta’kidladi.
.jpg)
.jpg)
