Professor-o‘qituvchilar va olimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun ko‘p millatli xalqimizning do‘stlik ramziga aylangan Qora uyda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev olimlar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda bugungi kunda hurmatli Prezidentimizning alohida e’tibori bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlar bilan yaratilgan sharoitlar va shu asosda olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar haqida keng tarzda so‘z yuritildi.
Darhaqiqat, yaqin qisqa davr ichida yurtimizda ilgari bo‘lmagan yangilanishlar yuz berib, ko‘plab yutuqlarga erishilmoqda. Bu borada yangidan-yangi korxonalar ish boshlab, keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari, barcha joylarda aholini yillar davomida qiynab kelgan muammolarga yechim topish choralari davom ettirilmoqda. Bunday chora-tadbirlar natijasida tom ma’noda, Yangi O‘zbekiston asosida Yangi Qoraqalpog‘iston barpo etilmoqda, desak, adashmagan bo‘lamiz.


O‘tkazilgan uchrashuvda ana shunday ezgu ishlar, xalqimizning farovon hayotini ta’minlash yo‘lidagi davlatimiz rahbarining tashabbuslari aniq videofaktlar bilan ko‘rsatib o‘tildi.
O‘z navbatida, ziyolilar ham bunday chora-tadbirlarda xalqimizning har bir vakili ona Vatanimizning gullab-yashnashi yo‘lida birgalikda, og‘izbirchilikda xizmat qilishi kerakligini alohida ta’kidladi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh ilm fidoyilari Jo‘qorg‘i Kengesning Prezidiumi qarori bilan rag‘batlantirildi.

.jpg)
.jpg)

