Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olish chora-tadbirlarining ijrosi masalalari keng muhokama qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev raisligida korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olish choralarini kuchaytirish, shuningdek, yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi.
Unda Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov ishtirok etdi.
.jpg)
Majlisda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, joylarda turli jinoyatlarni sodir etishning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar va bu borada yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlar bilan yaqindan ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviyat va ma’rifat sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan majlis davomida mahallalarda tinchlikni saqlash, jamoat xavfsizligini va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, mahallalardagi ijtimoiy profilaktik tadbirlarning olib borilishi masalalari keng muhokama qilindi.
.jpg)

Bundan tashqari, korrupsiyaning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar bo‘yicha respublika prokurori, jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralari to‘g‘risida Ichki ishlar vaziri, shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi ishlarning borishi bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mita raisining ma’ruzalari tinglandi.
Majlisda joylardagi rahbarlarning xato va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
.jpg)
.jpg)
