Qorao‘zak tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qorao‘zak tumaniga tashrif buyurdi.
Dastlab, Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishlari bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda yangidan tashkil etilgan issiqxona ishlari ko‘zdan kechirildi.

.jpg)
Bundan so‘ng O‘rmon xo‘jaligi issiqxonasi va pitomnigida tashkil etilgan ishlar o‘rganildi. Yangidan keltirilgan texnikalar va daraxt ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalar ko‘zdan kechirilib, galdagi vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
.jpg)
Tumandagi 2-sonli texnikumda yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tashkil etilgan ishlarning borishi ham borib ko‘rildi. O‘quvchilarni zamonaviy va talab yuqori kasblarga o‘qitish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi kerakligi ta’kidlanib, bu yerda kasb o‘rgatish sifatini yaxshilash bo‘yicha muammolar ham ko‘rib chiqildi. Binoda qo‘shimcha qurilish ishlarini olib borish uchun zarur texnik asoslarni tayyorlash borasida choralar ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
.jpg)
