Nukus - Atyrau yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi!
151

Joriy yilning 29-mart sanasidan "Centrum Air" aviakompaniyasi tomonidan "Nukus - Atyrau - Nukus" yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Parvozlar haftasiga ikki marta - payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
🛫 Uchish vaqti 2 soat.
Bu yo‘nalish O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi transport bog‘liqligini mustahkamlash, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Aviachiptalarni rasmiy veb-sayt va aviakassalar orqali sotib olish mumkin.