«Milliy qadriyatlar atlasi kitobining taqdimoti o‘tkazildi
Bugun Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida «Milliy qadriyatlar atlasi» kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov so‘zga chiqib, ma’naviy boyligimiz va milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan yangi muhim kitob xalqimiz e’tiboriga taqdim etilayotgani munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

.jpg)
Ana shunday ezgu ishlar qatorida milliy qadriyatlarimizni ilmiy-uslubiy jihatdan umumlashtirib, raqamlashtirish va xalqimizga yetkazish uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida «Milliy qadriyatlar atlasi» fundamental kitob-albomi tayyorlanib, nashrdan chiqarildi. Kitob umumiy sakkiz yo‘nalishni o‘z ichiga olgan bo‘lib, har bir hududning o‘ziga xos milliy xususiyatlari va qadriyatlari keng turda aks ettirilgan.
Albatta, ushbu kitobning nashr etilishi ona Vatanimizning ma’naviy brendini dunyoga tanitishga xizmat qiladi.
O‘tkazilgan tadbir davomida kitob mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan videorolik, san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

.jpg)