Xorijiy diplomatlarga Qoraqalpog‘istonning investitsiyaviy va sanoat salohiyati namoyish etildi
Bugun xorijiy davlatlar elchixonalari diplomatlari va xalqaro tashkilotlar vakillari mintaqamizning investitsion, turizm, eksport salohiyati bilan tanishish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan edi.
Dastlab mehmonlarga Qoraqalpog‘istonda yaratilgan sharoitlar va yaratib berilgan imkoniyatlar keng turda tanishtirildi. Bundan so‘ng, yirik investitsiya loyihalari faoliyatlari ko‘zdan kechirildi.
.jpg)
Xorijlik mehmonlar I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida bo‘lib, «Sahrodagi luvr» eksponatlari bilan yaqindan tanishdi.
Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida Orol dengizi qurishining oqibatlarini yumshatish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar ham ko‘zdan kechirildi.
Bundan so‘ng umumiy qiymati 67 mln. dollar bo‘lgan, yiliga 50 ming tonnagacha mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega «KARAKALPAK BASALTWOOL» korxonasi faoliyati borib ko‘rildi.

.jpg)
Shuningdek, mehmonlar umumiy qiymati 48,5 mln. dollar bo‘lgan, yiliga 18 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega va 400 ish o‘rni yaratadigan «Nukus SSP Texnopark» korxonasi bilan yaqindan tanishdi.
Yurtimiz eksport salohiyatiga hissa qo‘shadigan yana bir korxona - yiliga 640 ming metr radiator mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan «Osten Technologies» korxonasi faoliyati ham borib ko‘rildi.

