Beruniy tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev yangi ish o‘rinlarini yaratish, xalqning farovon turmushini ta’minlash borasida Beruniy tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi erkin iqtisodiy zona hududida 3 mln. AQSH dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya o‘zlashtirish orqali ishga tushirilishi rejalashtirilgan «JINFING SILK ROAD TRADING» MCHJ tomonidan gazablok ishlab chiqarish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
.jpg)

Bundan so‘ng, EIZ hududida yangidan tashkil etilayotgan «GLOCONITE MINERAL» MCHJ tomonidan mineral o‘g‘it ishlab chiqarish, «BERUNIY AGROSTAR» MCHJ tomonidan granulalangan omuxta yem ishlab chiqarish, «KONIRAT MINERAL» MCHJ tomonidan baliqchilik, parrandachilik va chorva ozuqasi uchun qo‘shimchalar ishlab chiqarish loyihalari ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, «Eko Agro capital» tomonidan xorijdan olib kelingan naslli tovuqlar asosida amalga oshirilgan tuxum yetishtirish loyihasi ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlarning o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun yaqindan ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Hurmatli Prezidentimizning maxsus qarori asosida OPEK xalqaro taraqqiyot fondi ishtirokida yangi qurilgan «Shimom» mahallasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish maskani binosida yaratilgan sharoitlar borib ko‘rildi. Hudud aholisi bilan muloqot qilinib, xalq farovonligi yo‘lidagi chora-tadbirlar bundan buyon ham davom ettirilishi ta’kidlandi.

.jpg)
"Xorazm" mahallasi hududida bank balansidagi bo‘sh turgan binoda klinika tashkil etish bo‘yicha ishga tushirilishi belgilangan investitsiya loyihasi, "ERIZON" MCHJ korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy savdo kompleksini tashkil etish loyihasi, shuningdek, "Beruniy tumani tomorqa xizmati" MCHJ tomonidan issiqxona tashkil etish loyihasi ishlari ham o‘rganildi.
"Amir Temur" mahallasi hududidagi renovatsiya dasturi doirasida eskirgan 2 qavatli 7 ta uy o‘rniga zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurish loyihasi ham borib ko‘rildi. Qurilish ishlarini talab darajasida bajarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)