Xo‘jayli tumanini har tomonlama rivojlantirish masalalari kelishib olindi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev rahbarligida Xo‘jayli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi.
O‘tkazilgan majlisda respublika muassasa-tashkilot rahbarlari, tuman mutasaddilari, mahalla faollari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masalalar doirasida joriy yilda tumanda amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar, rejadagi qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, aholining farovon hayotini ta’minlash, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga, tadbirkorlarga yaqindan yordam berish borasidagi rejalar keng turda muhokama qilindi.

Unda shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi yordam mablag‘lari va yoshlar uchun berilgan imtiyozlardan samarali foydalanib, fuqarolar bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish, mahallalarda mikro va kichik loyihalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish kabi muhim masalalar haqida so‘z bordi.
Majlis yakunida galdagi rejalar belgilab olinib, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi va vazifalar taqsimlandi.
.jpg)