Qorao‘zak tumanida yoshlarning muammolari o‘rganildi
Yaqinda Ko‘ksaroy qarorgohida hurmatli Prezidentimizning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan uchrashuvida juda muhim tashabbuslar ko‘tarilgan edi.
Uchrashuvda rahbarlar oldiga yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, startap va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ishli va daromadli qilish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi.
Bugun belgilangan vazifalar doirasida Qorao‘zak tumanidagi mahalla yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov bugungi kunda hurmatli Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan otalarcha g‘amxo‘rligi, jumladan, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga alohida mehri va e’tibori haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi.
.jpg)
Uchrashuvda shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Bundan so‘ng yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Har bir yigit-qizni qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oya va loyihalarini ro‘yobga chiqarish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida hamkorlikni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

.jpg)
Bundan so‘ng, yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar joyida o‘rganilib, ijobiy yechimini topish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

.jpg)