Ellikqal’a tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Ellikqal’a tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi "Zarbdor" tajribasi asosida Oqchako‘l bo‘yidagi turizm rekreatsion zonasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

.jpg)
Bundan so‘ng, "Qabatqal’a" mahallasi hududida "Bo‘ston Buxgalteriya" MCHJ tomonidan qog‘ozni qayta ishlash orqali xo‘jalik qog‘ozlarini ishlab chiqarish, "ELLIKQAL’A OLTIN TOLASI KLASTERI" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan paxtani qabul qilish punktini tashkil etish va tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish, "MEDI-UM ENERGY STREAM" MCHJning polietelin quvurlar ishlab chiqarish loyihalari ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorlarga yaqindan ko‘maklashish, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan har qanday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jiyda ko‘chatini yetishtirish loyihasi va aholiga ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlarning borishi o‘rganildi. Qo‘shimcha daromad topishga qaratilgan loyihalarni ko‘paytirish kerakligi alohida ta’kidlandi.

.jpg)
"Navoiy" mahallasidagi "BO‘STON STRAUSI" fermer xo‘jaligi tomonidan tuyaqush boqish, "Qo‘shqo‘ra" mahallasi hududidagi "ISLOM NASL CHORVA" MCHJ tomonidan chorvachilik kompleksini tashkil etish, "Dumanqal’a" mahallasidagi Madaminov Allabergan tomorqasida tashkil etilgan ko‘chatchilik loyihalari ko‘rib chiqildi.
Bundan so‘ng, "Navoiy" mahallasi hududidagi "Bo‘ston cherri" fermer xo‘jaligi yer maydonida yangidan barpo etilayotgan o‘rik bog‘iga "Yashil makon" loyihasi doirasida ovul oqsoqollari, nuroniylar bilan birga ezgu niyatlar bilan meva ko‘chatlari o‘tqazildi.


