Ellikqal’a tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev rahbarligida Ellikqal’a tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Majlisda dastlab, aholining qo‘shimcha daromad olishiga ko‘maklashish, farovon turmushini ta’minlash borasida hurmatli Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan imtiyozlar haqida keng turda so‘z yuritildi. Shuningdek, ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, yoshlar bandligini ta’minlash borasida berilgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Bundan so‘ng tumanni har tomonlama rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, aholining munosib turmush sharoitini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, obodonlashtirish ishlarini olib borish kabi belgilangan vazifalarning bajarilishi va boshqa masalalar tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi.
Unda shuningdek, bu ishlarni amalga oshirishda ayrim mutasaddilarning o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgani tanqid qilinib, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bilan birga, o‘z vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim mas’ullarga intizomiy jazo chorasini qo‘llash, zarur bo‘lsa, lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

.jpg)