Yigitlar harbiy xizmatga otlandilar
Bugun Nukus shahri markazidagi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat bayroqlari joylashgan maydonda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni kuzatib qo’yishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, bir qator yoshlarning muddatli harbiy xizmatni o‘tashga munosib deb topilib, ona Vatan oldidagi farzandlik burchini bajarish uchun ketayotgani munosabati bilan tabrikladi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz - Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan mamlakatimiz mudofaa salohiyatini kuchaytirish, Qurolli Kuchlarimizni mustahkamlash, qo‘shinlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va boshqa shu yo‘nalishdagi masalalarga katta e’tibor qaratilmoqda.
Bunday keng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasida Milliy armiyamiz xalqimizni ishonchli himoya qilish bilan birga, yosh avlodni mardlik, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari bilan tarbiyalaydigan hayot maktabiga aylanib, unda har tomonlama sog‘lom yoshlar kamol topmoqda.

O‘tkazilgan tadbirda harbiy orkestr ijrosi ostida Vatanni himoya qilishga otlangan yoshlarga oq yo‘l tilab, mardlar qatoriga kuzatib qo‘yildi.


.jpg)