Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari sportchi yoshlar bilan uchrashdi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov sportning boks turi bilan shug‘ullanayotgan yoshlar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalar qatori, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, yoshlarni sportga keng qamrab olishga, Olimpiya va milliy sport turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.
.jpg)
Shuningdek, hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan tarixiy hujjatlar xalqimizning, shu jumladan yoshlarimizning turmushida katta o‘zgarishlar yuz berishiga asos bo‘layotganligi alohida tilga olindi.
O‘tkazilgan uchrashuvda shuningdek, sportchi yoshlarning, ularning ota-onalari va murabbiylarining fikr-takliflari tinglanib, muammolar belgilab olindi va tez fursatda ijobiy yechim topish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

.jpg)
Tadbir davomida boks bo‘yicha yuqori natijalar ko‘rsatayotgan yoshlarning ota-onalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Minnatdorchilik xatlari topshirildi.
.jpg)
.jpg)