AT sohasidagi yetakchi xotin-qizlar “Yulduz Tech Awards”da taqdirlandi
Axborot texnologiyalari sohasida xotin-qizlarning ishtiroki va yetakchiligi yil sayin ortib, ular milliy raqamli taraqqiyotning muhim harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda.
Xotin-qizlarning AT yo‘nalishidagi samarali faoliyatini munosib e’tirof etish, ularni rag‘batlantirish hamda erishgan yutuqlarini keng jamoatchilikka taqdim etish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Yulduz Tech Awards” mukofotlash marosimi ikkinchi marotaba tashkil etildi.
Qoraqalpog‘istondan Xojamuratova Malika Axborot texnologiyadagi «Yosh yulduz», To'remuratova Biybinaz AT sohasidagi «Ilg‘or ayol rahbar» belgilariga munosib deb topildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur nufuzli tadbir ikki yildan buyon axborot texnologiyalari sohasida innovatsion g‘oyalari, professional yetakchiligi va yuqori natijalari bilan raqamli kelajakni barpo etayotgan xotin-qizlarni e’tirof etib kelmoqda.
Tadbir doirasida sohaning ilg‘or vakillari taqdirlandi hamda yangi iste’dod va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.
