IT sohasidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Hurmatli Prezidentimizning topshirig‘i bilan haftaning har payshanba kuni Yoshlar kuni etib belgilangan edi. Shu asosda bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev IT sohasidagi yoshlar bilan uchrashdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda dastlab Jo‘qorg‘i Kenges Raisi hurmatli Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalar qatori IT sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga alohida to‘xtaldi.
Ta’kidlanganidek, IT sohasi eng kam mablag‘ sarflab, ko‘p foyda olsa bo‘ladigan kelajak kasblardan biri hisoblanadi. Shu bois, sohaga alohida e’tibor qaratilib, keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Birgina misol, Toshkent shahridan boshqa mamlakatimizning hech bir hududida bo‘lmagan 17 qavatli IT-Park binosi Nukus shahrida barpo etilib, bugungi kunda zukko yoshlarimiz uchun xizmat qilmoqda. Albatta, yoshlar uchun yaratilgan bunday imkoniyatlar ularga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib borayotganining ifodasidir.
Bugungi o‘tkazilgan uchrashuvda ham ana shunday ezgu ishlar e’tirof etilib, sohani yanada rivojlantirish, frilanserlarni qo‘llab-quvvatlash, IT eksportini yanada oshirish, startap loyihalarni amalga oshirish borasida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
O‘z navbatida, yoshlar tomonidan bir qator muhim tashabbuslar, faoliyat olib borish jarayonida uchrayotgan masalalar ko‘tarildi.
Har bir ko‘tarilgan masala Jo‘qorg‘i Kenges Raisining shaxsiy nazoratiga olinib, soha mutasaddilariga tez orada ijobiy yechim topish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida tengdoshlari orasida o‘zining intiluvchanligi va alohida faolligi bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan bir guruh yoshlar rag‘batlantirildi.



.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)