Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Taxiatosh tumanida yoshlar bilan uchrashdi

Bugungi kunda yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu asosda Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni "Yoshlar kuni" sifatida belgilandi.
Mana shu ezgu tashabbus doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev Taxiatosh tumanidagi bir qator ishsiz va otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuqori e’tibor, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida so‘z yuritdi.
Uchrashuv davomida yoshlar ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, muammo va takliflarini ochiq va erkin tarzda bildirdi.
Unda ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlar olish, kasb-hunar o‘rganish va ta’lim sohasiga oid masalalar ko‘tarilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.





