Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Beruniy tumanida turli sohalarda faoliyat yuritayotgan va ta’lim olayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini joyida tingladi
.jpg)
Dastlab Xorazm mahallasi hududida joylashgan sexda yoshlarga argon payvandlashning sir-sinoatini o‘rgatib kelayotgan Islom Xudaybergenov faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu o‘quv sexida o‘quv kurslarini tugatgan yoshlar chet davlatlarga qonuniy ravishda mehnat migratsiyasiga “professional usta” hisobida yo‘l olmoqda.
Avtomobillarga zamonaviy deteyling xizmat ko‘rsatish sohasida 100 mln so‘m imtiyozli kredit evaziga faoliyatini boshlagan 24 yoshli tadbirkor Akmal Ergashev 3 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlagan. U bugungi kunda faoliyatini kengaytirishni reja qilgan.
Bundan keyin, “Erizon savdo majmuasi”ni tashkil etish ishlari o‘rganildi. Mazkur savdo poligonida ko‘ngilochar bolalar o‘yingohi, shuningdek, umumiy ovqatlanish joylari, qurilish mollari do‘konlari o‘rin olgan. Umumiy qiymati 1 mln AQSH dollar bo‘lgan zamonaviy savdo inshootida 100 nafardan ortiq yoshlar doimiy ish bilan ta’minlanadi. O‘rganishlar davomida mutasaddilarga yoshlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Yoshlar bilan uchrashuvning keyingi manzili tumandagi 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi bo‘ldi. Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi hamda yoshlarning takliflarini tingladi.
Sport maktabida “Prezident olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan voleybol terma jamoasining o‘yinlari hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Ziyokor mahallasida uy ta’limida tahsil olayotgan 65-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchisi Surayyo Sultonnazarovaga noutbuk sovg‘a qilindi.
Albatta, yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularga har tomonlama yordam berish bugungi kunning asosiy tamoyillaridan biriga aylangan va bunday ezgu ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
