Qoraqalpog‘istonda gemodializ markazlari ochilish arafasida
Gemodializ - buyraklar o‘z vazifasini bajara olmay qolganda (o‘tkir yoki surunkali buyrak yetishmovchiligi) qonni apparat yordamida sun’iy tozalash usulidir.
U "sun’iy buyrak" qurilmasi orqali qondagi toksinlar, mochevina, ortiqcha suyuqlik va elektrolitlarni chiqarib tashlaydi, organizm intoksikatsiyasining oldini oladi va hayotni saqlab qoladi.
Sun’iy buyrak qurilmasidan foydalanish uchun bemorlarga qulaylik yaratish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida 500 ming AQSH dollari investitsiya mablag‘lari hisobidan Beruniy va Qo‘ng‘irot tumanlarida "NEPHROCARE HEALTH SERVICES CENTRAL ASIA" xorijiy korxonasi MCHJ filialini tashkil etish belgilangan edi.
Shu asosda respublikamizning ikki tumanida gemodializ markazlarining qurilish ishlari olib borilib, uskunalar o‘rnatilmoqda va bemorlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Tez orada bu ikki obyekt xalqimiz manfaati yo‘lida foydalanishga topshiriladi.


.jpg)